O‘zbekiston TIV rahbari Ipak yo‘li jamg‘armasi direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi
2023-yil 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ipak yo‘li jamg‘armasi direktorlar kengashi raisi Szyun Chju bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ko‘proq sayyohlik yo‘nalishlari yaratish, “yashil” energiya ishlab chiqarishni kengaytirish, yanada yaxshi infratuzilmani barpo etish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar nafaqat mamlakatimiz ravnaqiga xizmat qilishi, balki bir-biriga bog‘lovchi ko‘prik sifatida ulkan mintaqaga ham foyda keltirishi ta’kidlandi.