O‘zbekiston TIV rahbari Germaniyaning migratsiya bo‘yicha komissari bilan uchrashdi
2023-yilning 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya Federal Hukumatining migratsiya bo‘yicha komissari Yoahim Shtamp bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik yuqori sur’atda kengayib borayotganini ta'kidladilar.
Germaniya Oʻzbekistonning yetakchi oʻnta savdo hamkori qatorida ekanligi qayd etildi.
Istiqbolli loyihalar kun tartibi, jumladan, vaqtinchalik mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi.