O‘zbekiston TIV rahbari Fransiya Elchisini qabul qildi
2023-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Fransiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar, turizm, fan, ta’lim va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Fransiya ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 21-22-noyabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
2023-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar jadvali bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda iqtisodiy diplomatiya masalalari muhim o‘rin tutdi. Tomonlar turli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.