O‘zbekiston TIV rahbari Filippin Elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi

 

2024-yilning 31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Filippinning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Tehronda) Roberto G.Manaloning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Suhbat chog‘ida, O‘zbekiston va  Filippin o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashildi. O‘zaro hamkorlik kun tartibini barcha yo‘nalishlarda kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Uchrashuvda Tashqi ishlar vazirligi Elchining O‘zbekiston-Filippin munosabatlarida foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий