O‘zbekiston TIV rahbari Daniya Elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

 

2024-yil 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Daniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskvada) etib tayinlangan Yakob Xenningsendan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati muhokama qilindi va kelgusi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Vazir Elchiga ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi maqsadlariga erishishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий