O‘zbekiston TIV rahbari Buyuk Britaniya Elchisini qabul qildi
2023-yil 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlotni qabul qildi.
Vazir Elchining so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdagi o‘rnini yuqori baholadi.
T.Torlot, o‘z navbatida, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari sifatidagi faoliyatida har tomonlama ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.