Oʻzbekiston TIV rahbari Buyuk Britaniya Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
2023-yilning 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Timoti Smartning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Vazir Elchini yuksak va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga samarali faoliyat va muvaffaqiyatlar tiladi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining keng ko‘lamli kun tartibini muhokama qildilar.