O‘zbekiston TIV rahbari BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Aksilterror boshqarmasi boshlig‘i bilan uchrashdi
2024-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Aksilterror boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Voronkov bilan uchrashdi. Uchrashuvda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hamkorlik, bugungi dinamika, nafaqat mintaqada, balki global miqyosda mavjud va kelajakdagi chaqiriqlarga samarali yechimlarni topish masalalari muhokama qilindi. Qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashi birinchi yigʻilishining muvaffaqiyatli natijalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston bilan BMTning Aksilterror boshqarmasi o‘rtasida 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ham imzolashdi.