O‘zbekiston TIV rahbari BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
2023-yil 16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi rahbari Roza Otunbayeva bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish, ushbu mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklash va turli infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘oniston yo‘nalishida ilgari surilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.