O‘zbekiston TIV rahbari BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va Ayollar tashkiloti ijrochi direktori bilan uchrashdi

 

2024-yil 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan "Osiyo xotin-qizlar forumi"da ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Ayollar tashkiloti ijrochi direktori Sima Sami Iskandar Bahus bilan uchrashdi. Vazir Sima Sami Iskandar Bahusning mamlakatimizda ayollar va qizlar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga qaratilgan islohotlarni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotganini yuksak qadrlashini qayd etdi. Gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish, jamiyatimizda ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish O‘zbekiston hukumatining uzoq muddatli farovonlikka erishish yo‘lidagi ustuvor vazifalaridan ekanligi ta'kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий