O‘zbekiston TIV rahbari Bangladesh tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi
2024-yilning 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bangladesh tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Masud bin Momen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida tarixiy va madaniy aloqalarga asoslangan ikki tomonlama kun tartibi jadal kengayib borayotgani ta’kidlandi. Tomonlar ikki davlat xalqlari manfaati yo‘lida O‘zbekiston-Bangladesh munosabatlarini barcha sohalarda yanada rivojlantirish yo‘llarini muhokama qildilar. Hamkorlikda ish olib borish uchun, ayniqsa, iqtisodiy sohada ulkan imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.