O‘zbekiston TIV rahbari BAA tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

 2023-yilning 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-BAA hamkorligining keng ko‘lamli kun tartibini muhokama qildilar, ikki tomonlama aloqalarni aniq natijalar bilan yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий