Oʻzbekiston TIV delegatsiyasi Ugandada bir qator muzokaralar oʻtkazdi

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Qo‘shilmaslik harakatining Kampala shahrida (Uganda) bo‘lib o‘tayotgan  19-sammiti doirasida Angola tashqi ishlar vaziri Tete Antonio, Qatar Davlati tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad Al-Murayxiy, Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar davlat vaziri Xalifa Al-Marar va Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sanjay Verma bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish, O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий