O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

Tadbirda tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev so‘zga chiqib, Yangi O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Xususan, yoshlarning ta’lim olishi, ularni har tomonlama yetuk, barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun qabul qilinayotgan davlat dasturlarining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar, shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyati, ularning maqsad va vazifalari bilan tanishdilar.

Bugungi kunda Vazirlik tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha manzilli ishlar tashkil etilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga ko‘maklashilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligiga Yashnobod tumanining "Amir Temur", "Olmos" va "Mohinur" mahallaridagi yordamga muhtoj, alohida e’tibor talab etuvchi 30 nafar yosh biriktirilgan.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Ularning murojaatlari alohida nazoratga olinib, bosqichma-bosqich yechim topish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий