O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy diplomatiya doirasida raqamli dayjestni ishga tushirdi
O‘zbekistonning iqtisodiy diplomatiyasini rivojlantirish, mamlakatimiz haqida xalqaro hamjamiyat xabardorligini oshirish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ingliz tilidagi New Uzbekistan. New Opportunities raqamli dayjestining birinchi elektron jo‘natmasi amalga oshirildi.
Dayjestda O‘zbekistonning iqtisodiy hayotidagi so‘nggi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar, biznesning yangi imkoniyatlari, muvaffaqiyatli hodisalar va bo‘lajak tadbirlar haqida ma’lumotlar mavjud.
Raqamli dayjest xorijiy ishbilarmon doiralar, kompaniyalar, investitsiya fondlari va banklari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, global reyting agentliklari, shuningdek, Toshkentdagi diplomatik korpusga tarqatish uchun mo‘ljallangan.
Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan birinchi jo‘natmalar xorijdagi 3000 dan ortiq manzillarni qamrab oldi. Aloqa bazasi kengayib borishi bilan ularning sonini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.
Dayjest bilan shu yerda (http://s.mfa.uz/invest.html) tanishish mumkin.