O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari O‘mon Investitsiya suveren fondi raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi

 

Joriy yil 21-sentabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov O‘mon Investitsiya suveren fondi raisi o‘rinbosari shayx Nosir al-Harisiy bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan UzOmanKapital investitsion kompaniyasining imkoniyatlaridan to‘la foydalangan holda o‘zaro savdo xajmini kengaytirish va istiqbolli investitsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.

Uchrashuv so‘ngida O‘mon Investitsiya suveren fondi vakillarini O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий