O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi
Saudiya Arabistonida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston bilan IHT o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar. Bosh kotib mamlakatimizning Tashkilotning zamonaviy dunyoda o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Xiva shahrini islom olamining turizm poytaxti deb e’lon qilinishiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar ham muhokama qilindi.