Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri YXHTning amaldagi raisi bilan uchrashdi

 

2023-yilning 9-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Shimoliy Makedoniya tashqi ishlar vaziri Buyar Osmani bilan uchrashdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Shimoliy Makedoniyaning Tashkilotdagi “Barchasi insonlar uchun” shiori ostidagi raisligini yuqori baholab, O‘zbekistondagi keng qamrovli islohotlar dasturi YXHT tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Shimoliy Makedoniya munosabatlaridagi ijobiy sur’at hamda iqtisodiyotdan tortib madaniyatgacha bo‘lgan barcha sohalarda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Istiqbolli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, savdo va parlamentlararo aloqalarni institutsionallashtirish uchun katta imkoniyatlar ko‘lami qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий