O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YXHT DIIHB saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari bilan uchrashdi

 

2023-yil 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YXHT DIIHB) saylovni kuzatish missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan uchrashdi.

Tomonlar joriy yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida DIIHB kuzatuvchilari missiyasining ishtiroki bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdilar.

YXHT DIIHB missiyasi rahbariga O‘zbekiston ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, so‘nggi yillarda respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий