O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiyaning yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi

 2024-yil 7-8-mart kunlari Tokio shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya xalqaro hamkorlik banki direktorlar kengashi raisi Mayeda Tadashi, Yaponiya tashqi savdo tashkiloti raisi Ishiguro Norixiko, Yaponiya biznes federatsiyasining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik qo‘mitasi raisi, Yaponiya tashqi savdo kengashi rahbari, “Marubeni” korporatsiyasi boshqaruvi raisi Kokubu Fumiya, “Sojitz” korporatsiyasi prezidenti va bosh direktori Masayoshi Fujimoto, “Shimizu” korporatsiyasi boshqaruvi raisi Yoichi Miyamoto va boshqa bir qator ishbilarmon doiralar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirish va O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий