O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

 

2024-yil 6-mart kuni kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida xalq diplomatiyasi ikki mamlakatni  yanada yaqinlashtirishda muhim rol o‘ynashi qayd etildi.

Vazir Taro Aso va uning jamoasiga O‘zbekiston-Yaponiya aloqalarini rivojlantirishga ko‘rsatayotgan doimiy ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий