O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiya Elchisini qabul qildi
2023-yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Hatorini qabul qildi.
Uchrashuvda yuqori darajadagi almashinuvlarni faollashtirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va yaqin kelajakda boshqa ko‘pgina hamkorlik masalalarini birgalikda amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.