O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yangi Zelandiya Elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
2023-yilning 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Sara Uolshdan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Muloqot chog‘ida samarali hamkorlik uchun innovatsion qishloq xo‘jaligidan tortib yashil energiyagacha bo‘lgan ko‘plab yangi va istiqbolli yo‘nalishlarni o‘rganish orqali ikki davlat o‘rtasidagi uzoq masofani qisqartirish yo‘llari muhokama qilindi. Vazir Elchiga mas’uliyatli diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.