O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xitoyning Guandun provinsiyasi gubernatori bilan uchrashdi
2023-yil 20-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyning Guandun provinsiyasi gubernatori Van Veychjun bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chogʻida tomonlar ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, Oʻzbekiston viloyatlari bilan yuqori darajadagi almashinuvlarni faollashtirish va boshqa masalalarga alohida eʼtibor qaratdi.