O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vetnam Savdo-sanoat palatasi prezidenti bilan uchrashdi
2024-yil 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vetnam Savdo-sanoat palatasi prezidenti Fam Tan Kong bilan uchrashdi. Muloqotda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekiston va Vetnam tadbirkorlari uchun eng yaxshi sharoitlar yaratish, qo‘shma biznes tadbirlarni tashkil etish va boshqa ko‘plab masalalar muhokama qilindi. Aloqalarni har tomonlama kengaytirishdan manfaatdorlik tasdiqlandi.