O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vengriya Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
2023-yilning 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yojef Rojadan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Vazir Elchining ushbu yuqori lavozimga tayinlangani bilan qutlab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan rejalarni muhokama qildilar.