O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkmaniston Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

 

2023-yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Resublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Shadurdi Meredovning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. 

Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar misli ko‘rilmagan darajada kengaygani qayd etildi. Turli sohalarda ko‘plab yutuqlarga erishilgani hamda istiqbolda yanada ulkan rejalar belgilangani ta’kidlandi. 

Vazir Elchiga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий