O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

2024-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV rahbarlari oliy darajada bo‘lib o‘tadigan tashrif oldidan tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdilar. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirliklari ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga barcha imkoniyatlarni yo‘naltirayotgani alohida ta’kidlandi. Hamkorlikni tobora rivojlantirish, savdo aloqalarini mustahkamlash, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam almashinuvlarni ta’minlash ustuvor vazifalardan ekanligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий