O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi
2024-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Davlat rahbarlarining norasmiy sammiti arafasida Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etdi.
Uchrashuvda ishtirokchilar hamkorlikning ko‘plab muhim yo‘nalishlari, jumladan, transport-logistika, savdo va investitsiyalar, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish kabi masalalarni muhokama qildilar. Shuningdek, turkiy dunyo mamlakatlari jadal rivojlanib, taraqqiy etib, yanada yaqinlashish sari tarixiy yo‘lni davom ettirayotgani alohida ta’kidlandi.