O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
2024-yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini amaliy boyitishga alohida e’tibor qaratildi. Vazirlar muloqotidan mintaqaviy kun tartibi va koʻp tomonlama platformalar doirasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari ham o‘rin oldi.
Muzokaralar yakunida diplomatik va maxsus pasport egalarini oʻzaro qisqa muddatli viza talablaridan ozod etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim imzolandi.