O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya Prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi
2024-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Prezidentining Xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy bilan uchrashdi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklik kun tartibining bir qancha yo‘nalishlari muhokama qilindi. Muloqot chog‘ida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.