O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qozog‘iston TIV rahbariga hamdardlik bildirdi

 2023-yil 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston TIV rahbari Abay viloyatida sodir bo‘lgan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib, bunday og'ir damlarda O‘zbekiston qozog‘istonlik qardoshlar bilan birga ekanini ta’kidladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий