O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qozogʻiston Elchixonasiga tashrif buyurdi
2023-yil 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozogʻistonning Toshkentdagi Elchixonasiga tashrif buyurib, Abay viloyatida sodir boʻlgan dahshatli oʻrmon yongʻinlarida halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Barcha jabrlanganlarning tezroq sog'ayib ketishini tilab qolamiz.