O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

2024-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.  

TIV rahbarlari ikki tomonlama aloqalar barcha yo‘nalishlarda misli ko‘rilmagan darajada rivojlanayotganini ta’kidladilar. Suhbat chog‘ida bugungi kunda mintaqaviy yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini namoyon etayotgan Markaziy Osiyoning har qachongidan ham ko‘proq namuna bo‘layotgani qayd etildi. Muzokaralar yakunida bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий