Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri “PetroVietnam” va “SOVICO Group” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

 2024-yil 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vetnam neft va gaz kompaniyalari guruhi (PetroVietnam) raisi Le Man Xun va “SOVICO Group” raisi Nguyen Txan Hung bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, gaz va neft sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, texnologiyalar transferi va nou-xau almashinuvi muhokama qilindi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan tortib, salohiyatni oshirishgacha bo‘lgan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Vazir ushbu kompaniyalarni jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyotimizdagi yangi imkoniyatlarni o‘rganishga taklif qildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий