O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti bilan uchrashdi

 

2023-yil 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida bank tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar doirasida yo‘lga qo‘yilgan istiqbolli loyihalarni yanada qo‘llab-quvvatlanishi qayd etildi. Qo‘shma loyihalar sonini va ularning qiymatini yildan-yilga oshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий