Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Turkiy investitsiya fondi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

 2024-yil 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov va Turkiy investitsiya fondi prezidenti Bag‘dod Amreyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Fond doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, jamg‘arma ta’sischi davlatlari rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi hamda Turkiy investitsiya fondi faoliyatini amaliy yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

B.Amreyev Turkiy davlatlar tashkiloti taʼsischi davlatlari oʻrtasida investitsiyaviy hamkorlikning ushbu mexanizmini yaratish jarayonida Oʻzbekistonning faol rolini qayd etdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий