O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari TDT Bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi
2024-yil 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov va Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Ostona sammiti yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazarida TDT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
Tashkilot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish, shuningdek, joriy yilgi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.