O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Qatar Elchisi bilan uchrashdi

 O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati hamda ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar O‘zbekiston-Qatar hamkorligining bugungi sur’atidan mamnun ekanliklarini bildirib, sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.

Uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий