O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Qatar Elchisi bilan uchrashdi
2023-yil 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qatar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari hamda ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida oliy va yuqori darajadagi tadbirlar doirasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.