O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Iordaniya Elchisi bilan uchrashdi
2023-yilning 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Demiya Zuhayr Haddod bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlari, shuningdek, xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.