O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari IHT delegatsiyasini qabul qildi

 

2023-yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A'loyev Prezident saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Kotibiyati direktori Bubakaram Adamu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

IHT delegatsiyasi mazkur siyosiy tadbirning mamlakat taraqqiyoti uchun ahamiyatini yuqori baholab, saylovchilar faolligi yuqori ekanligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda mamlakatimiz bilan mazkur tuzilma o‘rtasidagi ta’lim, fan va innovatsiyalar, ekologiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий