O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Fransiya Elchisi bilan uchrashdi

 

2023-yilning 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni faollashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий