O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Falastin va Saudiya Arabistoni elchilari bilan uchrashdi

 2023-yil 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Falastin Davlati va Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Javad Muhammad Avad hamda Yusuf Al-Utaybiy bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Suhbatlar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. BMT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Turli shakldagi bo‘lajak muloqotlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий