O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Eron va Koreya Respublikasi Elchilari bilan uchrashdi
2023-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasi hamda Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Hamid Nayrabodiy va Kim Xi Sang bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlarning siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik, madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirishga tayyorligi tasdiqlandi.
Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllardagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali hamda tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.