O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Boursa National kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
2023-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Boursa National kompaniyasi hammuassisi va raisi Saloh Al-Usmonni qabul qildi.
Uchrashuvda iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, Kuvayt kompaniyalaridan O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish, turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini ommalashtirish maqsadida joriy yilda qator qo‘shma tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.