O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Belgiya Elchisi bilan uchrashdi

 

2024-yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Belgiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Mark Mixelson bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ko‘p tomonlama tuzilmalar yo‘nalishidagi  hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

TIV rahbari o‘rinbosari Elchining samarali faoliyatini qayd etib, uning O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

M.Mixelson, o‘z navbatida, Belgiya Elchisi sifatidagi faoliyati doimiy qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий