O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bangladesh elchisini qabul qildi

 

2023-yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Bangladeshning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Jahongir Alam bilan uchrashdi.

Uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi. Turizm va to‘qimachilik sohalarida hamkorlikning mavjud salohiyatini yuzaga chiqarish, ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlari, Savdo-sanoat palatalari, to‘qimachilik uyushmalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий