O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri O‘mon tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

2024-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘mon tashqi ishlar vaziri Badr Albusaydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida TIV rahbarlari ham mintaqaviy, ham global vaziyatga to‘xtaldilar. O‘zbekiston bilan O‘mon o‘rtasida investitsiyadan tortib madaniy hamkorlikkacha bo‘lgan ko‘plab sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi alohida ta’kidlandi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий