O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri O‘mon Elchisini qabul qildi
2024-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Elchisi Vafo Jabr Nosir Albusaidiyni qabul qildi. Uchrashuvda Elchining O‘zbekistonda o‘tgan bir yil davomidagi faoliyati yuqori baholandi. 2025 yilda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yanada samarali bo‘lishi kutilmoqda. Tomonlar ikki mamlakatning ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi qiziqishning ortib borayotganini, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.